Antoni qanday qilib bir o‘limdan omon qolganini aytib berdi

  • 8 may, 16:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik vingeri va hozirda ijara asosida "Betis" da to‘p tepayotgan Antoni  "Movistar+" platformasiga intervyu berdi. Uning aytishicha, u 7 oyligida tug‘ilgan va shifokorlar faqat uni yoki onasini saqlab qolishi mumkin edi.

Tecno

"Kamtarlik - bu odamlarda menga yoqadigan eng yaxshi hislat. Hammasi qiyin bo‘lishiga qaramay, ota-onam menga doim to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishdi. Men juda qat’iyatli va orzularim uchun qattiq kurashadigan odamman.

Men muddatidan oldin 7 oyligimda tug‘ilganman. Shifokorlar ona yoki boladan birini tanlash kerakligini aytgan. Shukurki, ikkimiz ham omon qolganmiz. Shu sababli, kurashishni tug‘ilishim bilanoq boshlaganman" - dedi Antoni.

Braziliyalik futbolchi mem va tanqidlarga qaramay joriy mavsumda "Betis" safida yorqin o‘yin namoyish qilmoqda. Hozirda u ispan klubi safida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib 7 ta gol hamda 5 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!