
Antidoping Konventsiyasini ratifikatsiya qilgan davlatlar soni 189 taga etdi
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o‘zining rasmiy saytida Mavritaniya islom respublikasi YuNESKOning sportdagi dopingga qarshi xalqaro Konventsiyasini ratifikatsiya qilgan 189-davlatga aylanganini e’lon qildi.
Aytish kerakki, endilikda dunyoda YuNESKOning ushbu Konventsiyasini ratifikatsiya qilmagan bor yo‘g‘i 6 ta davlat qoldi xolos.
WADA prezidenti Vitold Banka bu borada o‘z bildirib o‘tdi:
“WADA jamoasi toza sport hamjamiyatiga qo‘shilgan Mavritaniyani mamnuniyat bilan qarshi oladi. Endi u ham antidoping harakatini qo‘llab-quvvatlayotgan dunyoning 98% mamlakatlari qatoriga kiradi”.
Ma’lumot uchun, 2005 yilning 19 oktyabrida qabul qilingan ushbu Konventsiya amaliy vosita bo‘lib, davlatlar uni ratifikatsiya qilish orqali sportdagi dopingga qarshi kurashishda hayrixoh ekanligini bildirishadi.
Fikrlar