
Anjelik Kerber bosh sovringa yaqinlashmoqda
Germaniyalik tennisistka Anjelik Kerber Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi davrasidagi to‘siqdan munosib o‘tib oldi.
Kerber mazkur davrada italiyalik Kamila Jorjini uch setda, – 6:2, 6:7, 6:3 hisobida mag‘lub etishni uddasidan chiqdi.
Endi Melburn shahrida o‘tayotgan "Australian Open"ning to‘rtinchi bosqichida A.Kerber rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar