Angliyaning hujumchi bir zarba bilan tarixga kirdi

  • 15 avgust, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining birinchi turidan o‘rin olgan “Uotford” va “Aston Villa” uchrashuvida tarixiy voqea qayd etildi.

Tecno

Uchrashuvda 11 metrlik belgidan mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilgan “Aston Villa” hujumchisi Denni Ingz o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ydi. U Angliya premer-ligasidagi 2000-penaltini aniq amalga oshirgan futbolchi bo‘ldi.

Ushbu bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Uotford” gollarini Emmanuel Dennis, Ismail Sarr, Kucho Ernandes kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning yana bir goliga Jon Makgin mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!