
Angliyaning 6 ta klubi bankrotlik ostonasida turibdi
Angliyada nufuzi jihatidan APLdan keyingi o‘rinda turuvchi Chempionshipning 6 klubi jiddiy moliyaviy muammolarga duch keldi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, agar ushbu jamoalarga tez orada ko‘mak berilmasa, ular bankrotlikka yuz tutadi.
Gap shundaki, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz jamoalarga jiddiy zarar etkazdi. Klublar avvalgidek daromad ko‘rmayapti, chunki o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilyapti. Ba’zi klublar o‘z xodimlarini qisqartirishga majbur bo‘lmoqda.
Fikrlar