
Angliyaning 23 yoshli qahramoni barchaga o‘rnak bo‘lmoqda
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford bolalar uchun maxsus kitob klubi tashkil qilgani haqida e’lon qildi.
Ushbu loyiha orqali futbolchi bolalarni kitob o‘qishiga barvaqtroq jalb qilishni va kam ta’minlangan oila farzandlarining ta’limiga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.
"17 yoshimdagina kitob o‘qishni boshladim va bu dunyoqarashimni butunlay o‘zgartirib yubordi. Men doimo kitob o‘qishni xohlaganman, biroq bolalikda topgan daromadimiz ovqat stolimizga etardi xolos.
Bugungi kunda Britaniyaning o‘zida hayotida kitob ushlab ko‘rmagan 380 ming bola bor, ularning bunga imkoniyati yo‘q, ammo endi barchasi o‘zgarishi kerak", - deydi MYu hujumchisi.
Ta’kidlanishicha, 2022 yilda Reshford muallifligida bolalar uchun ikkita kitob nashr qilinishi rejalashtirilmoqda.
Fikrlar