
Angliyalik muxlislar Sautgeytga noroziligini qo‘pol tarzda bildirishdi
Angliyalik muxlislar "Evro-2024" o‘yinidan so‘ng Garet Sautgeytdan norozi bo‘lishdi.
"Evro-2024" 3-turida Angliya terma jamoasi Sloveniya bilan durang o‘ynadi (0:0)
O‘yindan so‘ng Sautgeyt muxlislarni olqishlash uchun tribunaga kelganida, ingliz bosh murabbiyiga ishqibozlar bir necha plastik stakanlar otishdi. Shuningdek, ko‘plab muxlislar Sautgeytga xushtak chalishdi.
Angliya 5 ochko bilan "C" guruhini peshqadam sifatida yakunladi va Evropa chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Fikrlar