Angliyalik futbol eksperti: “Husanov Liga 1ning eng yaxshi 3 ta himoyachisidan biri edi”

  • 23 yanvar, 19:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“TNT Sports” nashrining eksperti “Manchester Siti”ning yangi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 
 
“Nazarimda, Abduqodir Frantsiyada eng yaxshi 3 ta himoyachilaridan biri bo‘lgan. 18 oy avval Belarusiyada harakat qilgan futbolchi endi Angliyada to‘p tepadi. U Gvardiola ta’kidlaganidek jismonan juda kuchli, ikkinchi qavatdagi kurashlarning barchasida g‘alaba qozonadi. Shu bilan birga, u juda tezkor himoyachi ham hisoblanadi. Husanov faqat to‘p bilan ishlash bo‘yicha biroz o‘z ustida ishlashi talab qilinadi. Menimcha, shu bilan ham, Liga 1 da eng yaxshi fulbeklardan biri bo‘lgan” – deya ta’rif berib o‘tdi. 
 
Xabaringiz bor, 20 yoshli himoyachimiz bonuslar bilan birga 50 million evroga “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tib, 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!