Angliyada rekord transfer amalga oshirildi

  • 18 avgust, 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi ishtirokchisi “Brentford” raqib jamoa – “Bornmut”dan hujumkor futbolchi Dango Uattarani qildi.

Tecno

Transfermarkt portali qayd etishicha, “Brentford” burkina-fasolik legioner uchun 42,8 million evro xarajat qilgan.

Shu tariqa, bu “Brentford” klubi tarixidagi eng qimmat savdo sifatida rekord natija o‘laroq yozildi.

Uattara yangi jamoasi bilan besh yillik bitim imzoladi. Tomonlar kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin.

- Biz Dangoni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Bu o‘yinchini olish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan biz ishga kirishdik. Uning Premer-ligada to‘plagan tajribasi va darajasi bizga ma’qul keldi.

Bundan tashqari bu yosh o‘yinchi jamoamiz o‘yin uslubiga mos tushadi. U hujum chizig‘imizga etishmayotgan sifatlarni olib kiradi. Dango muxlislarni o‘rnidan turishga majbur qila oladigan o‘yinchi,  - dedi “Brentford” bosh murabbiyi Kit Endryus.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!