Angliya to‘purarlari safida o‘zgarish bo‘ldi

  • 30 avgust, 2022, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Nottingem Forest” jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Bundan tashqari, mohir hujumchi penaltidan foydalana olmay, xet-trik qayd etish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Tecno

Shunga qaramay, Keyn Angliya chempionatlari to‘purarlari bahsida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

29 yoshli futbolchining milliy chempionatda kiritgan to‘plari soni 187 taga etdi. Bu borada birinchi o‘rinda 260 ta gol urgan Alan Shirer etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda turgan Ueyn Runi hisobida 208 ta to‘p bor.

O‘n yil mobaynida “Tottenxem” sharafini himoya qilayotgan Harri Keyn bir jamoa uchun eng ko‘p gol urgan rekordchi ham hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!