Angliya Superkubogi g‘olibligi uchun kechgan bahsda drama! "Arsenal" 100-daqiqada hisobni tenglashtirib, seriyada zafar quchdi

  • 6 avgust, 2023, 22:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Superkubogi doirasidagi "Arsenal"- "Manchester Siti" bahsi yakunlandi. Unda asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. 

Koul Palmer 77-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning o‘ninchisida Trossard muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng muxlislar penaltilar seriyasi guvohi bo‘ldi. Unda "kanonirlar" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa, Arteta shogirdlari Angliya Superkubogi g‘olibiga aylandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!