
Angliya ligalari muddatidan avval yakunlandi
Angliyanig birinchi va ikkinchi liga klublari 2019/2020 mavsumni muddatidan oldin yakunlash uchun ovoz berishdi.
Mamlakat futbol ligasining (EFL) so‘nggi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, birinchi liga etakchilari "Koventri" va "Roterem" klublari Chempionshipga yo‘l oladi. Ikkinchi liganing "Suindon Taun", "Kryu" va "Plimut" klublari esa birinchi ligaga yo‘l oladi.
Shunday qilib, Angliyada faqatgina Premer-liga va Chempionship klublari joriy mavsumni yakunlab qo‘yishadi.
Fikrlar