
Angliya futbol assotsiatsiyasi futbolchilarning diniy e’tiqodlarini inobatga olib qoidani o‘zgartirdi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) mamlakat kubogi g‘oliblarining chempionlikni shampan bilan nishonlash qoidasiga o‘zgartirish kiritdi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bunday qaror ayrim futbolchilarning diniy e’tiqodlariga hurmat yuzasidan kelib chiqib qabul qilingan.
Spirtli ichimliklar asosan musulmonlar uchun ta’qiqlangan. Qolaversa, boshqa bir qator din vakillari uchun ham spirtli ichimliklar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Bundan tashqari futbolchilar orasida umuman spirtli ichimlik ichmaydiganlar va hali 18 yoshga to‘lmagan, ya’ni spirtli ichimlik iste’mol qilish ta’qiqlanadigan futbolchilar ham bor.
Yuqoridagilardan kelib chiqib FA g‘olib jamoaga alkogolsiz shampanlarni taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsum Angliya kubogi finalida “Manchester Siti” va “Uotford” jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. O‘yyin 18 may kuni “Uembli”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar