Andrey Kanchelskis "Bunyodkor"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 24 noyabr, 2019, 23:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Navbahor» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

Tecno

"Yutqazdik, «Bunyodkor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Afsuski, birinchi davrada bo‘lgan o‘zaro uchrashuvdagi kabi chiroyli o‘yin ko‘rsata olmadik. Yutqazdik, yutqazdik, nima ham qila olardik. Kelasi tur «Lokomotiv» bilan o‘ynaymiz, mazkur bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bizga nima etishmayapti? Futbolchilar. Men jamoadan ketganimda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda edik, qaytganimda jamoa oltinchi pog‘onaga tushib qolgandi. Bundan tashqari, kerakli futbolchilar jamoani tark etgan, ayrimlari jarohat olgandi. Shu tariqa tarkibni kuchaytiradigan o‘yinchiga ehtiyoj sezdik. Hozir tarkibda bo‘lgan o‘yinchilarga rahmat aytaman! Bor imkoniyatlarini ishga solishyapti, qo‘ldan kelgancha harakat qilishyapti. Qaerdadir tajriba, omad etishmayapti. Nima ham qila olardik. Bu hayot! Avvalgi tarkibimiz bo‘lganida o‘yinimiz umuman boshqacha bo‘lardi", - deb rossiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!