
"Andijon"ning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
“Andijon” klubi o‘zining an’anasiga sodiq qolgan holda oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash jarayonini o‘tkazib kelmoqda.
Ma’lumki, iyun oyida jamoamiz uchta o‘yin o‘tkazdi. “Yangier”, “Xorazm” va “Aral Samali”ga qarshi bellashuvlarda ikkita g‘alaba va bir durang qayd etildi. Har bir uchrashuvdan keyin esa muxlislar o‘rtasida eng yaxshi o‘yinchini aniqlash uchun ovoz berish yo‘li orqali so‘rovnomalar o‘tkazib keldik.
Natijada iyun oyining eng yaxshi futbolchisi ham aniqlandi. Unga ko‘ra, 936 ovoz to‘plab, Farhod Sohibjonov “Andijon”ning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ikkinchi o‘rin Shahboz Erkinovga nasib qildi. Uning hisobida 821 ta ovoz mavjud. Kuchli uchlikni Abdurahmon Komilov 819 ovoz bilan yakunlab berdi.
Bugungi mashg‘ulotdan oldin bosh murabbiy Viktor Kumikov Farhod Sohibjonovga eng yaxshi futbolchi statuetkasini topshirdi.
Mavsumning ikkinchi qismida nafaqat Sohibjonovdan balki, butun jamoamizdan yanada shiddatli, ishonchli va g‘alabali o‘yinlarni kutib qolamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar