"Andijon"ni tark etgan darvozabon yana qaytarildi!

  • 13 may, 2021, 17:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubining mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmayotgani fonida ayrim o‘zgarishlar yuz berayotganini bilasiz. Jamoa esa mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qolgan.

Tecno

Klubda bosh murabbiy o‘zgarishidan avval asosiy darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinovga javob berib yuborilgandi. Bunga sabab sifatida uning ishonchsiz o‘yinlari tilga olindi. Ushbu posbon “Andijon”ning Superligadagi beshta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 7 ta to‘p olib chiqqan.

and vratar

Shunday qilib, Ziyovutdinov bilan xayrlashishgach, zaxira posbonlari – Javohir Qilichev bilan Jasur Umrzoqovga ishonch bildirildi. Natijada Kubokda uchta va Superliganing ikkita o‘yinida galma-galdan darvozaga turishdi.

Ammo ularning tajribasizligi “Andijon”ga pand bera boshladi. Jamoaning eng ojiz nuqtasi aynan darvozabonlar bilan bog‘liq ekanligi ko‘rinib turgandi. "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yindan keyin bosh murabbiy Yorqin Nazarov ham darvozabonlarning saviyasi Superliga darajasida emasligini tan olgandi. 

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, rahbariyat yana asosiy posbon sanalgan Nizomiddin Ziyovutdinovni "Andijon"ga qaytarishga qaror qildilar.     

Eslatib o‘tamiz, ushbu darvozabon mavsum avvalida AGMK jamoasidan ijaraga olingandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!