
Andijonlik muxlislar uchun noxush xabar
Kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining bir nechta qarorlari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Andijon” — AGMK bahsida mezbonlar muxlislari tomonidan AGMK futbolchisi Sanjar Tursunov zaxiraga olingan paytda uning sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgan. Uchrashuv yakuniga etganidan so‘ng muxlislar tomonidan maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazish intizom chorasi qo‘llanildi.
Shu tariqa, andijonlik ishqibozlar sevimli jamoasining Pro liga navbatdagi turdan o‘rin olgan o‘yinida stadionga kiritilmaydi. Raqib bugun qur’a orqali aniqlanadi.
Fikrlar