Andijonda yana bir xususiy professional futbol klubi faoliyat boshladi

  • 23 mart, 2022, 16:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon shiringaz servis" korxonasi rahbariyati Andijon futbol akademiyasi bilan hamkorlikda,  bevosita ushbu dargoh tarbiyalanuvchilari ishtirokida professional futbol klubini tashkil etdi.

Tecno

"Andijon-SGS" jamoasiga iqtidorli murabbiy  Shoxruh Ishanov bosh murabbiylik qilib kelmoqda.  Jamoa o‘zagini asosan 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilar tashkil etadi. Ularning orasida Rauf Inileev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod o‘yinchilarning ham borligini alohida e’tirof etish lozim.

Ma’lumot uchun, "Andijon-SGS"  nomi bilan bu yil O‘zbekiston birinchi liga musobaqasida ishtirok etadigan ushbu yosh jamoa bugun O‘zbekiston kubogining dastlabki bosqichida ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Toshkent shahrida mahalliy “Do‘stlik” jamoasiga qarshi kechgan bahsda andijonlik yosh futbolchilar uchrashuvning asosiy daqiqalarida 1:1 hisobida durangga imzo chekib,  yakunda penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Havas Boltaboev
23/03/2022 17:25
Баракалла Андижон2 жамоаси!!!!!!!! Олга ва факат галаба тилайман.ва бу йил Про лигага чикишини тилайман!!!!!!!!!!!!!!!++++++