
Andijonda katta jang kechasi bo‘lib o‘tadi. "Fayt-kard"dan o‘rin olgan juftliklar ma’lum bo‘lmoqda
17 sentyabr kuni Andijon viloyatining Poytug‘ shaharchasida Kenjayev_Professional_Liga navbatdagi turnirini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik va bir qator juftliklarni posterini ham taqdim etganmiz. Ma’lumki ushbu promoushen K-1 hamda bushido bo‘yicha janglar tashkil etib kelmoqda.
Bugunga kelib yana bir nechta qarama-qarshiliklar ma’lum bo‘ldi va ularni ham e’tiboringizga havola etamiz. Jumladan, - 77 kg vazn toifasida ikki debyutant Humoyun Mahkamov va Hayotbek Abdullaev qarama-qarshiligini guvohiga aylansak, -67 kgda Axror Qurbonaliev va Abdulaziz Adhamov bahs yuritadi. Shuningdek, -61 kgda Azizbek Qahramonbekov hamda Shukurillo Mashrapov ham o‘zaro jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang kechasining markaziy jangida iste’dodli aktyor Shahzod Sultonov ham ringga ko‘tariladi va yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur turnirni Sports.uz Youtube kanalida jonli ravishda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar