Andijon shahrida mashhur MMA vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi

  • 4 yanvar, 2021, 22:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

10 yanvar kuni Andijon shahrida MMA bo‘yicha professional jang kechasi o‘tkazilishi borasida xabar bergan edik. Ushbu oqshomda 10 ta jang tashkil qilinadi. 9 yanvar kuni vazn o‘lchash va ko‘z urishtirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

E’tiborli tomoni, ushbu jang kechasida bir qator taniqli va yuqori klassga ega bo‘lgan vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Nozimjon To‘ychievning ta’kidlashicha, Nursulton Ro‘ziboev, Husniddin G‘aniev, Shohasan Mirzamatov, Mashrabjon Ro‘ziboev hamda qo‘l jangi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Alisher Akbarov ham oktagonga ko‘tariladi. Ularning raqiblari kim ekanligi borasida tez orada xabar beramiz.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!