
"Andijon" safiga yana bir futbolchi kelib qo‘shildi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent shahrida olib borayotgan Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi “Andijon” jamoasi bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazmoqda.
Kecha jamoa mashg‘ulotlariga “Mash’al”, “AGMK”, “Metallurg”, “So‘g‘diyona” jamoalaridagi o‘yinlari bilan bizga yaxshi tanish bo‘lgan Jahongir Abdumo‘minov kelib qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Jahongir Abdumo‘minov o‘tgan mavsumda “Buxoro” jamoasida harakat qilib, 9 ta uchrashuvda 720 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Jahongir Abdumo‘minov hozircha "burgutlar" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Fikrlar