"Andijon" o‘rtoqlik o‘yinida AGMK darvozasiga 3 ta gol urdi

  • 18 noyabr, 2019, 15:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qibrayda AGMK hamda "Andijon" jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda "Andijon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Uchrashuvning birinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalarida Zafar Polvonov "Andijon" jamoasi darvozasini ishg‘ol etib, AGMKni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim esa zaxiradan maydonga tushgan andijonlarlar futbolchisi Doniyor Ismoilovning benefisiga aylanib ketdi. U 75, 86 va 90-daqiqalarda kiritgan gollari evaziga jamoasi 3:1 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot o‘rnida, "Andijon" klubi Superliganing 24-turini Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 24 noyabr kuni soat 14:30da "Sog‘lom Avlod" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!