
"Andijon" "Nasaf" maydonida qachon g‘alaba qozongan?
"Andijon" bugun Qarshiga safar qiladi. Coca-Cola Superliga 1-turi doirasidagi uchrashuv Aleksandr Xomyakov shogirdlari uchun oson o‘tmasa kerak. Chunki vodiy klubi "Nasaf"ga qarshi safar o‘yinlarida har doim qiynalgan.
Tarixga nazar solsak, "Andijon" XXI asrda Qarshidan g‘alaba bilan qaytmagani ko‘rinadi. Vodiy klubining "Nasaf" maydonidagi yagona g‘alabasi 1999 yilgi mavsumda qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar