
"Andijon" legioner hujumchisini "Xorazm"ga ijaraga berdi
Antaliyada shug‘ullanayotgan "Andijon" klubi tojikistonlik hujumchisini "Xorazm"ga ijaraga berdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, hujumchisi Shaxrom Samievga “Xorazm” klubidan taklif kelib tushdi.
Natijada ikki tomonning olib borgan muzokaralaridan so‘ng Samiev 2025 yilning oxiriga qadar “Xorazm” jamoasiga ijaraga berildi.
Ma’lumki, futbolchi o‘tgan yili “Andijon” safiga qo‘shilgan bo‘lib, uch yillik shartnoma imzolangan. 2024 yilgi mavsumda Shaxrom “Burgutlar” libosida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar