"Andijon" klubiga yangi bosh direktor tayinlandi

  • 30 oktabr, 2023, 19:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 6-o‘rinni band etib turgan "Andijon" jamoasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu xususida klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:

Tecno

"Ayni paytda "Andijon" klubi bosh homiysi hisoblangan “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan jamoaga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, mahalliy iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, bu orqali terma jamoalarimizga munosib kadrlar etkazib berish ham asosiy vazifalardan biri. Bunga javoban “Burgutlar” chempionatda raqobatbardosh jamoa sifatida o‘z muxlislarini xursand qilish uchun astoydil kurashmoqda. Bundan keyin ham jamoani har tomonlama rivojlantirish, istiqbolli rejalar tuzilgan holda “Andijon” FKni yangi bosqichga olib chiqilishi belgilab olingan strategiyaning ajralmas qismi hisoblanadi.

samatov3

Shu maqsadda “Andijon” klubiga yangi bosh direktor tayinlandi. “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi rahbariyati tomonidan Elbek Samatov “Andijon” futbol klubi bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

35 yoshli ushbu mutaxassisni ishqibozlarimiz yaxshi biladilar. Boisi, Elbek Abdurauf o‘g‘li bungacha ham “Andijon” klubida sport direktori lavozimida ish olib borgan. 2021 yilning yarmida jamoada faoliyatini boshlagan va joriy yilgacha davom ettirgan. Endilikda esa Elbek Samatov “Andijon” klubiga bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida qaytdi.

Yangi lavozimda Samatovga muvaffaqiyat tilaymiz va ishonamizki, “Andijon” klubi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini sharaf bilan bajargan holda muxlislarini quvontiradi", - deyiladi "Andijon" klubi matbuot xizmati bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!