“Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoalari xalqaro turnirni muvaffaqiyatli boshlashdi

  • 24 mart, 2019, 18:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek Andijon futbol akademiyasining 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamolari Qozog‘istonning Olmota shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda. Ushbu turnirda Rossiya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va mezbon Qozog‘istondan jamoalar bor.

Tecno

Bizga ma’lum bo‘lishicha Shoxruh Ishanov murabbiyligidagi 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi turnirning ilk turida qo‘shni Qirg‘iziston chempioni hisoblangan Bishkekning “Ilbirs” jamoasi bilan 2:2 hisobida jangovor durang qayd etdi. Raqib darvozasiga kiritilgan har ikkala golga Azizbek Usmonov mualliflik qildi.

24 mart, Olmota. 2005 yillar.

"Ilbirs" (Qirg‘iziston) - "Andijon AFA "SGS" ShirinGaz" (O‘zbekiston) 2:2

Gollar: Azizbek Usmonov (dubl)

Murabbiy Lochin Guldoev boshchiligidagi 2006 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat “Andijon AFA "SGS" ShirinGaz” jamoasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi. Ular dastlabki o‘yinda mezbon Qozog‘istonning “Tsesna” jamoasini 1:0 hisobida engdi. Uchrashuvdagi yagona golni Abdug‘ani G‘ulomov kiritdi.

24 mart, Olmota. 2006 yillar.

"Tsesna" (Qozog‘iston) - "Andijon AFA  "SGS" ShirinGaz (O‘zbekiston) 0:1

Gol: Abdug‘ani G‘ulomov

Musobaqa 31 martga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!