"Andijon" - "Navbahor" uchrashuvida hakamlik qiladigan Abdurashid Xudoyberganov haqida

  • 20 sentabr, 2023, 12:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berganimizdek, "Andijon" - "Navbahor" o‘rtasidagi vodiy derbisini toshkentlik Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Tecno

9 sentyabr kuni 30 yoshini qarshilagan iqtidorli hakam joriy mavsumda Superligada hozirga qadar 5 ta uchrashuvda bosh hakamlik qilishga ulgurdi.

Ma’lumot uchun, ushbu hakam hozircha "Andijon" ishtirokidagi bitta o‘yinni boshqardi. Jumladan, 16-turda “Bunyodkor” – “Andijon” (2:1) o‘rtasidagi bellashuvda bosh hakamlik qilgan.

Umuman olganda, Xudoyberganov 2023 yilgi futbol mavsumida hammasi bo‘lib 22 ta uchrashuvda ishladi.

Abdurashid Xudoyberganovning Superligada bosh hakamlik qilgan o‘yinlari

2-tur. “So‘g‘diyona” – “Olimpik” – 2:2

3-tur. “Turon” – “Surxon” – 1:1

5-tur. “Buxoro” – “Bunyodkor” – 0:2

9-tur. “Surxon” – “Neftchi” – 2:2

16-tur. “Bunyodkor” – “Andijon” – 2:1

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
20/09/2023 13:22
Тошкентлик хакам факат водий камондалар уйинга хакамлик килган экан значить Пахтакорга ёрдам беради