Ander Errera: MYuning muvaffaqiyatsizliklarida Mourino aybdor emas

  • 15 may, 2019, 11:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera “qizil iblislar”ning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarida jamoaning sobiq ustozi Joze Mourino aybdor emasligini aytdi.

Tecno

“Agar jamoa mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazsa, bunga 75% futbolchilar sababchi bo‘lishadi. Iste’foga chiqarilgan murabbiydan ayb qidirish oson, biroq bu barchamizning umumiy aybimizdir. Tarkibdagi har bir futbolchi mavsum davomida biz bilan sodir bo‘lgan voqealarga aloqador. Men Mourinoni juda hurmat qilaman. U qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi.

Joze bilan ilk mavsum yaxshi o‘tgandi. Biz APLda ikkinchi o‘rinni egallagandik va kelgusi mavsumdan umidlarimiz katta edi. Ammo bunday bo‘lmadi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, MYu joriy mavsum premer-ligani 6-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!