Anchelottining ketish muddati ma’lum bo‘ldi

  • 17 aprel, 17:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Karlo Anchelotti yaqin kunlarda "Real Madrid"ning bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatiladi.

"Sky Sports" xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis "Barselona"ga qarshi Ispaniya kubogi finalidan so‘ng klubni tark etadi. Kubok uchun final uchrashuvi 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu o‘yin Anchelotti uchun "qaymoqranglilar" boshqaruvidagi so‘nggi bahs bo‘lishi kutilmoqda. Avvalroq, "Real" Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin, Anchelotti klubda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini tan olgan edi.

Italiyalik murabbiy yozda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real" bilan bo‘lishini aniq aytmadi. Bundan oldin Karlo o‘z tashabbusi bilan klubni tark etmoqchi emasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!