Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindagi penaltilar borasida fikr bildirdi

  • 8 yanvar, 2023, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Vilyarreal" bilan o‘yinda belgilangan 2 ta penalti to‘g‘risida gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Qiyin bahs bo‘lishi aniq edi. Biz yaxshi himoyalana olmadik va xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu yilni ham yomon boshladik.

Penaltilarga kelsak, jarima maydonchasidagi har qanday qo‘l bilan o‘ynalgan vaziyatga penalti berilmoqda. Bunga ko‘nikishimiz kerak. 

Agar menga qo‘yib berishganda, ikkala vaziyatda ham 11 metrlik jarima bermagan bo‘lardim", - dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, dastlab "Real" futbolchisi Karim Benzema penaltidan hisobni ochdi. Keyinroq 63-daqiqada Jerar Moreno yana bir belgilangan penaltidan gol urib, "sariq suv osti kemasi"ga g‘alaba keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!