Anchelotti "Siti"ga qarshi kutilmagan o‘zgarishga qo‘l urmoqchi

  • 11 fevral, 13:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ga qarshi bellashuvda o‘ng qanot himoyada Ferlan Mendini sinab ko‘rmoqchi. 
 
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Karlo boshchiligidagi "Real Madrid" "Manchester Siti" bilan kuch sinashadi. 

Tecno

Ushbu bahsdan avval "qirollik klubi"ning o‘ng qanot himoyachisi hisoblangan Lukas Vaskes jarohat olib, o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan. Undan avval esa Dani Karvaxal, Eder Militao, David Alaba, Antonio Ryudiger kabi himoyachilar ham mazkur uchrashuvda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgan edi. Bir necha mashhur manbalar "Siti"ga qarshi to‘qnashuvda urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde qanot himoyada harakat qilishi taxmin qilayotgan edi. 
 
Biroq, "Madrid Xtra" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, o‘yindan avvalgi so‘nggi mashg‘ulotda italiyalik mutaxassic frantsiyalik himoyachi hisoblangan Ferlan Mendini o‘ng qanot himoyada harakatlantirib ko‘rgan. Shu bois, Anchelotti o‘yindan avval kutilmagan o‘zgarish amalga oshirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!