
Anchelotti Ronaldudan foydalanish sirini aytdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu imkoniyatlaridan kengroq foydalanish mumkinligini ta’kidlamoqda.
- Aqlli murabbiy o‘yinni futbolchilarning xarakteristikasiga moslay olishi kerak. Agar oyog‘ida “motori” bor Vinisius Juniordek futbolchiga ega bo‘la turib, qarshi hujumga e’tibor qaratmasam, bu ahmoqlik bo‘ladi.
Yana bir usul quyidagicha: agar Krishtianu Ronaldu menda o‘ynasa, doim unga to‘p etkazib berish yo‘lini qilardim, buning aksini emas.
Ikki xil o‘yinchilar bo‘ladi. Ularning ba’zilari muayyan bir ishni bajaridi, qolganlari maydonda yuguradi. Doimo jamoaviy o‘yinga suyanish kerak, - dedi Karlo Anchelotti.
Fikrlar