
Anchelotti "Real"da qolishga tayyor
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining taqdiri hali ham noma’lumligicha qolmoqda. "AS" nashrining xabar berishicha, italiyalik mutaxassis kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan.
Manbaning xabar berishicha, Anchelotti Braziliya terma jamoasi taklifiga qaramay, "qirollik klubi" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga tayyor. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Bu masalada hammasi "Real Madrid" xo‘jayinlariga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, 64 yoshli mutaxassis 2021-yil iyul oyidan buyon “qaymoqranglilar”ni boshqarib kelmoqda.
Fikrlar