Anchelotti bugunning o‘zidayoq jamoani tark etishi mumkin. Agar...

  • 20 aprel, 13:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun "Real Madrid" muhim uchrashuvda "Atletik Bilbao"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs nafaqat jamoa uchun, balki bosh murabbiy Karlo Anchelottining kelajagi uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
  
"Relevo" nashrining xabar berishicha, agar "qirollik klubi" bu uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrasa, Anchelottining lavozimini tark etishi mumkinligi haqida klub ichida jiddiy fikrlar mavjud. Jamoa rahbariyati chempionlik poygasidagi imkoniyatlarni saqlab qolishni xohlamoqda va yo‘qotilgan ochkolar vaziyatni murakkablashtirishi mumkin. Hattoki, bugungi durang ham italiyalik mutaxassisni saqlab qola olmasligi mumkin. 
  
Anchelottining shartnomasi 2026 yilgacha amal qilsa-da, keyingi hafta va oylardagi natijalar uning "Santyago Bernabeu"dagi kelajagini belgilab berishi mumkin. 
  
Ma’lumot o‘rnida, bo‘lajak uchrashuv 20 apreldan 21 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!