
Anchelotti: Biz bu turnirda g‘alaba qozonishni xohlaymiz
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Arandina"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz ushbu turnirning amaldagi g‘oliblarimiz va bu musobaqa o‘tgan yili bizga katta quvonch keltirdi. Shu sababli biz yana g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Biz musobaqadagi yurishimizni ertaga boshlaymiz va qo‘limizdan kelganini qilishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, biz eng yaxshi darajamizni ko‘rsata olamiz. Men o‘zimga juda ishonaman. Jamoa qat’iyatli, g‘ayratli va bor e’tiborini o‘yinga qaratgan", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, "Arandina" - "Real" uchrashuvi 6 yanvardan 7 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:30 da boshlanadi.
Fikrlar