
Anchelotti "Barselona"ga qarshi bahs oldidan nimalar dedi?
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona”ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizda hammasi joyida va biz mavsumdagi birinchi sovrinni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Bu o‘yinni yutish ham, yutqazish ham mumkin. Biz jiddiy raqibga qarshi bor kuchimiz bilan o‘ynashimiz kerak. Hammamiz finalga chiqishni xohlaymiz.
Futbolchilarimiz bizni favorit sifatida hisoblashlaridan xavotirga tushgan bo‘lardim. Iltimos, bu haqda o‘ylamang. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz deb o‘ylaymiz va g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz" – dedi italiyalik mutaxassis.
"Real" - "Barselona" o‘yini 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar