
Ana xolos: TsSKA bosh murabbiyi Fayzullaev transferini xohlamagan ekan!
Abbosbek Fayzullaev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga o‘tganida ko‘pchilik bu transferga shubha bilan qaradi. Aslida “armiyachilar”ning mutasaddilari ham o‘zbek futbolchisini kelajak uchun olib kelgandi.
Avval boshdan asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida qaralmagan 20 yoshli legioner birdaniga porlay boshladi. Fayzullaev qisqa fursatda TsSKAning asosiy hujumchisiga aylandi.
Butun chempionatni barqaror o‘tkazgan hamyurtimiz mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida maxsus sovrinni ham qo‘lga kiritdi.
Abbosbek Fayzullaev bergan intervyusida Rossiyadagi faoliyati, maqsadlari va shu kabi ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni berdi.
Sports.uz portali ushbu suhbatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
— Mavsumning o‘zing va jamoa uchun qanday baholaysan?
— Biz o‘zimiz istagan o‘rinni egallay olmadik. Agar shaxsan o‘zim uchun baholasam, mavsum yaxshi bo‘ldi. Jamoadoshlarim va murabbiylarga rahmat. Ular jamoaga tezroq qo‘shilib ketishim uchun juda katta yordam berishdi.
— Jamoaning ko‘rsatkichlari juda zo‘r bo‘lgani yo‘q. Nega bunday bo‘ldi?
— Biz yomon o‘ynadik, deb o‘ylamayman. Agar statistikani inobatga olsak, biz mavsumning eng samarador jamoasi bo‘ldik. Btz ko‘p gol urdik, lekin uchrashuvlarning oxirida juda ko‘p ochko yo‘qotdik va bu o‘z navbatida musobaqa jadvalida ham aks etdi.
— TsSKa kelasi mavsum haqiqatan chempionlik uchun kurashishga qodirmi?
— Ha. Agar biz mavsumga puxta tayyorlana olsak.
— TsSKA tarkib jihatidan “Zenit”dan nimasi bilandir qolishadimi?
— Qolishadi, deb o‘ylamayman. Bizda ham sifatli o‘yinchilar jamlangan. Agar yozda yanada tarkibni kuchaytirsak, raqobatlasha olamiz, kurashamiz.
— Mavsum yakunlanganidan keyin bosh murabbiy Vladimir Fedotovning kelajagi haqida turli ma’lumotlar chiqa boshladi. Uning qolishini istarmiding?
— Ha, istayman.
— Ommaviy axborot vositalari sen TsSKA o‘tayotganidan Fedotov transferni ma’qullamagani haqida xabar tarqatgandi. Bu o‘zaro munosabatlaringga ta’sir qilmadimi?
— Yo‘q, murabbiy meni jamoada ko‘rishni istamagani haqida eshitmaganman. Jamoaga kelganimda murabbiy menga yaxshi munosabatda bo‘ldi va yordam berdi. Uning ishonchi menga jamoaga tez qo‘shilib ketishimga sabab bo‘ldi.
Abbosbek Fayzullaev yakunlangan mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga beshta gol kiritdi va jamoadoshlariga 14 marotaba golli pas uzatdi.
10 million evro Fayzullaev uchun kam! Yaxshigina xarajat qilishsin!
9 ta jamoa bosh murabbiylari Fayzullaevni tanladi!
Fayzullaev nufuzli jamoadan joy oldi!
Shomurodov va Husanovda nima gap?
Fikrlar