
Ana xolos! Saul Alvares 15 kg vazn ko‘tarib, WBC jahon chempioni bilan jang qilmoqchi
Professional boksning o‘rta vazn toifasida Xayme Mungiya (38-0, 30 KO) va Sergey Derevyanchenko (13-3, 10KO) WBC jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangi sifatida tasdiqlandi. Jang g‘olibi chempion Jermall Charloga majburiy da’vogar bo‘ladi.
76 kg vaznda mutlaq jahon chempioni Saul Alvares (57-1-2, 39KO) WVCga so‘rov yo‘llab, 91 kg vaznda WVC jahon chempioni Ilunga Makabuga (28-2, 25KO) o‘zini da’vogar ,deb e’lon qilinishi, so‘ngra jang qilish taklifi bilan murojaat qildi. WVC buni qo‘llab-quvvatladi. Demak, Saul Alvaresning navbatdagi jangi katta ehtimol bilan 91 kg vaznda WVC jahon chempionlik kamari uchun bo‘lishi mumkin.
Fikrlar