Ana xolos! Sane va Jezus yozda "Manchester Siti"dan ketmoqchi

  • 19 aprel, 2019, 15:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zining ikki etakchi futbolchisini yo‘qotishi mumkin.

Tecno

El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mavsumlar oralig‘ida jamoani taxminan 7-8 nafar futbolchi tark etmoqchi. E’tiborlisi, ular orasida germaniyalik vinger Leroy Sane va braziliyalik forvard Gabriel Jezuslar bor. Ushbu futbolchilar joriy mavsum etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotganliklari sabab boshqa jamoaga o‘tib ketishmoqchi.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Sane “shaharliklar” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 128ta o‘yinda maydonga tushdi va 38ta gol urishga erishdi.

22 yoshli Jezus esa 2017 yildan buyon “Siti” futbolchisi hisoblanadi. U shu kungacha ushbu jamoa safida 96ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 43ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!