Ana xolos: Ronaldu faoliyatini tugatishi mumkin

  • 6 yanvar, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishi talab etiladi.

Tecno

39 yoshli futbolchining Saudiya Arabistoni klubi bilan hamkorligi shu yilning 30 iyun uni yakunlanadi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi oldida turgan uchta variantdan birini tanlashi kerak.

Birinchisi, Ronaldu “An-Nasr” bilan hamkorlik muddatini uzaytirishi mumkin. Buning uchun klub tarkibni kuchaytirib, chempionlik uchun kurashadigan darajaga olib kelishi kerak.

Ikkinchisi, Krishtianu Evropa futboliga qaytish imkoniyatiga ega. Ronalduni tarbiyalagan “Sporting” hujumchini o‘z safiga chorlayapti.

Uchinchisi, tez orada qirq yoshni qarshi oladigan mashhur yulduz faoliyatini tugatish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi ham mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!