
Ana xolos! Ronaldu "Ayntraxt"ga o‘tishi mumkin edi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi barcha klublarga taklif qilingan.
O‘tgan yozda 37 yoshli hujumchini nafaqat top klublarga, balki evrokuboklarda ishtirok etuvchi o‘rtamiyona jamoalarga ham taklif qilingandi.
– Menda shunday his borki, Ronalduni chempionlar ligasining har bir ishtirokchisiga taklif qilishgan. Sizlarga-chi?
– Bizga ham taklif qilishdi. Ha, bizga ham", - dedi "Ayntraxt" direktori Aksel Xellman jamoasining EChLdagi birinchi ishtiroki haqida DAZN kompaniyasi suratga olgan filmda.
Fikrlar