Ana xolos! "Real"ni 9 nafar futbolchi tark etadi

  • 28 fevral, 2022, 13:42
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishi kutilmoqda. Bu haqda "Sport.es" nashri yozmoqda. 

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" yuqori maosh oladigan va murabbiy rejalariga kirmayotgan futbolchilar bilan xayrlashadi. Madridliklar Eden Azar, Luka Yovich, Marselo, Iskoga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.

Qolaversa, jamoani Andrey Lunin, Mariano Dias va Dani Sebalos ham tark etishi kutilmoqda. Garet Beyl esa erkin agent maqomida "qaymoqranglilar" bilan xayrlashadi. 

Kutilmagan qarorlardan biri yozda transfer qilingan Euardo Kamavinga ham o‘ziga yangi jamoa qidirishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
28/02/2022 17:16
Блин Камавинга яхши уйнайоткандику Реалда? Дадя Карло Анчелоттига йокмай колибтими