
Ana xolos: “Real” Benzemani qaytarmoqchi
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.
Keyingi paytda 36 yoshli forvardning klub rahbariyati,xususan, bosh murabbiy Marselo Galyardo bilan munosabati buzilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Karimning o‘zi Saudiyadan ketmoqchi ekani haqidagi ma’lumotlarni inkor qildi.
Shunga qaramay, Evropa matbuoti Benzema ortga qaytishi haqida turli axborotlarni tarqatishdan to‘xtagani yo‘q. Ispaniyadagi manbalar “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Benzemani Madridga olib kelishga qaror qilgani haqida yozmoqda.
Italiyalik mutaxassis sobiq shogirdi jamoaga qaytib, mavsum oxiriga qadar “Real”ga yordam berishini istayapti. Qolaversa, ayrim manbalar Benzema “Al-Ittihod” rahbariyatidan o‘zini ijaraga qo‘yib yuborishni so‘raganini ta’kidalmoqda.
Fikrlar