Ana xolos! PSJ yulduzi klub bilan shartnomani bekor qilmoqchi

  • 4 avgust, 20:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Parij Sen-Jermen" darvozaboni Janluiji Donnarumma klub bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga tayyor, deb yozadi jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida.

Tecno

Unga ko‘ra, italiyalik posbon faoliyatini davom ettirish uchun klub topilmasa, PSJni muddatidan oldin tark etishga tayyor. Qayd etilishicha, Donnarumma vakillari hozircha Janluiji xizmatiga qiziqish bildirgan "Galatasaroy" va "Manchester Yunayted" bilan "jiddiy muzokaralar" olib bormayapti. Shuningdek, Jeykobsning ta’kidlashicha, Donnarumma keyingi klubni tanlashda "injiq bo‘ladi".

Avvalroq, PSJ 40 mln evro evaziga "Lill" darvozaboni Lyuka Shevaleni qo‘lga kiritishga yaqin turgani ma’lum bo‘lgandi. Jeykobsning ma’lum qilishicha, u asosiy darvozabon bo‘ladi.

2024/2025-yilgi mavsumda Donnarumma PSJ bilan Frantsiya chempionati, kubogi, Superkubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Italiyalik futbolchi barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol o‘tkazib yuborgan. Transfermarkt portali italiyalik futbolchining narxini 40 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!