
Ana xolos! PSJ Mbappe tufayli evrokuboklardan chetlatilishi mumkin
PSJ Kilian Mbappening oldidagi qarzi tufayli Evropa musobaqalaridan chetlashtirilishi mumkin.
RMC Sportning Le Monde nashriga tayanib xabar berishicha, shu yozda PSJdan "Real"ga o‘tgan hujumchi Parij klubidan 55 million evro talab qilmoqda. Bu uning oxirgi mavsum klubda qolib ketgan maosh va mukofot pullarining umumiy summasi deya baholanmoqda.
Qayd etilishicha, Mbappe Professional futbol ligasining yuridik komissiyasiga murojaat qilgan. Shuningdek, Frantsiya futbol federatsiyasi vositachiligida UEFAga shikoyat qilgan.
Agar PSJga qo‘yilgan ayblovlar asosli deb topilsa, klub jazolanishi extimoli bor. Jumladan, parijliklarga transfer taqiqi va UEFAning evrokubok turnirlarida ishtirok etish uchun litsenziyasini bekor qilish kabi jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
Fikrlar