Ana xolos! Nigeriyada futbolchilar o‘g‘irlab ketildi

  • 24 mart, 2020, 20:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nigeriyaning «Enimba» klubi futbolchisi Dayo Ojo va «Abia Komets» klubi futbolchisi Benjamin Iluyomade Benin-Ovo shossesida harakatlanayotgan paytda o‘g‘irlab ketildi.

Tecno

BBC tarqatgan xabarga ko‘ra, bu voqea 22 mart kuni sodir bo‘lgan. Aytish kerakki, mashinada shuningdek «Enimba» klubining yana bir futbolchisi - Emmanuel Jeyms ham bo‘lgan. Biroq, u jinoyatchilardan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

E’tiborlisi, Nigeriyada 2019 yilning yanvaridan buyon ilk bor futbolga aloqador inson o‘g‘irlandi. O‘shanda «Katsina Yunayted» klubi murabbiyi Abdullaxi Biffo o‘g‘irlab ketilgan edi. Lekin, keyinchalik u qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Nigeriyada ham chempionat o‘yinlari to‘xtatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!