
Ana xolos! Muhim o‘yinlar oldidan "Real"da jiddiy yo‘qotish
"Real" Madrid yarim himoyachisi Luka Modrich Chempionlar ligasi yarim finalida "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. "Qirollik klubi"ning matbuot xizmati xabar berishicha, Lukaning son qismi jarohati jiddiyroq bo‘lib chiqdi.
Modrichda "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda tiklanish imkoniyati juda kam. Xorvatiyalik xavbek ikki haftani o‘tkazib yuboradi. Ya’ni u "Almeriya", "Real" Sosedad va "Osasuna" bilan o‘yinlarda ham maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" va "shaharliklar" o‘rtasidagi dastlabki bahs 9 may sanasida "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar