
Ana xolos! "Manchester Siti" o‘z etakchilaridan birini sotib yubormoqchi
Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvaning "Manchester Siti"dagi kelajak taqdiri so‘roq ostida qolmoqda.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "shaharliklar" 26 yoshli futbolchiga Ispaniya, Italiya va Frantsiya klublaridan jiddiy qiziqishlar borligidan xabar topgach, uni sotib yuborish haqida o‘ylay boshlashgan.
Gap shundaki, "Siti" yaqinda jamoani tark etgan hujumchi Serxio Aguero o‘rniga munosib nomzod xarid qilishga etarli mablag‘ topish uchun ushbu transferni amalga oshirmoqchi.
Silva yakunlangan mavsum “Manchester Siti” safida jami 45 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar