
Ana xolos! "Jenoa" terma jamoamizning yana bir etakchisini Italiyaga olib kelmoqchi!
Italiyaning "Jenoa" klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi Otabek Shukurovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Sport Italia" nashri xabar berdi.
A Seriyaga qaytgan genuyaliklar tarkibni kuchaytirish maqsadida yarim himoyachimizni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Ushbu klubga ayni damda Alberto Jilardino bosh murabbiylik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shukurov 2022 yilning 27 iyulidan beri Turkiya Superligasining "Fotih Karagyumryuk" jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsum futbolchimiz turk chempionatining 28 o‘yinida bittadan gol va assistga mualliflik qilgan.
Fikrlar