
Ana xolos! Ikardi "Inter" qarorgohini tark etdi
"Inter" va hujumchi Mauro Ikardi o‘rtasidagi mojaro kattalashmoqda.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbolchi Shveytsariyada tayyorgarlik ko‘rayotgan “neradzurrilar” qarorgohini tark etgan. U Italiyaga qaytib, mavsumga shu erda tayyorgarlik ko‘rishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi “Inter” bosh murabbiyi Antonio Kontening yangi mavsum rejalariga kirmaydi. Jamoa ham uni sotib yuborishga tayyor.
Fikrlar